Dunyoda shaharlar ko‘p, biri-biridan ziyoda. Biroq shunday shaharlar borki, ular faqat o‘zigagina xos ko‘rku tarovati, noyob xususiyatlari bilan e’tiborni tortadi. O‘zbekistonimiz poytaxti bo‘lmish Toshkent — ana shunday betakror shahar. To‘g‘ri, har kimning ona Vatani o‘ziga aziz va qadrli. Lekin xuddi Toshkentdagidek tarix va bugunni o‘zida namoyon etgan shaharni topish qiyin.
Dunyoning istalgan burchagiga boring, binolari osmonga bo‘y cho‘zgan nomdor shaharlar ko‘chalarini aylaning, Toshkentdagidek ajib bir osudalik va mehrni, bag‘rikenglikni his etish qiyin. Shundanmi, Toshkentga bir kelgan odam yana kelishni niyat qiladi.
Odamzod ham, hatto qushlar ham tinch joyga, yaxshilik ko‘rgan joyiga intiladi. Toshkentga laylaklar qaytgani ham shundan aslida. Xastimom minoralari uzra ular qanot qoqadi. Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasida Laylak va turnalar, «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyi gumbazi uzra yana turnalar...
Vaqt o‘tgan sayin odamlar ham, hayot ham, shaharlar ham o‘zgarib boraveradi. Bugungi Toshkent kechagi Toshkent emas. Ko‘kchadan — Qo‘yliqqacha, Yunusoboddan — Do‘mbrobodgacha kezib chiqqan odam mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorliklarni xotirasiga sig‘dirolmaydi.
В какой оболочке земли живёт большинство живых организмов?
Из каких неживых частей состоит экосистема
На какие расы делятся население земли
Определение статуса военнослужащего (краткий ответ!!)
Проведи следущие наблюдения в классе: один учащийся спокойно сидит за партой, слушая объяснения учителя; второй записывает план объяснения в тетради ; третий ученик вышел к доске отвечать на вопрос учителя. назови движущиеся тела. относительно каких других тел они движутся ?
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.